logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" Zommer borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q

 7 DEKABR, 2025, 22:06

Milanning "Inter" klubi darvozaboni Yann Zommerning kelajagi katta savol ostida qolmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ayni damda "Inter" 36 yoshli shveytsariyalik futbolchining mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanishiga qaramay, u bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayapti.

Zommer 2023 yilning avgustidan beri "Inter" sharafini himoya qilmoqda. U bu mavsumda barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol o'tkazib yubordi va to'qqiz marta o'z darvozasini daxlsiz qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali ma'lumotlariga ko'ra, Zommerning narxi to'rt million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ