logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Guti Xabi Alonsoning "Real"dagi faoliyatini maqtadi

 7 DEKABR, 2025, 21:36

"Real"ning sobiq futbolchisi Guti jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning faoliyati haqida o'z fikrini bildirdi.

"Xabi kelganda, u turli usulda o'ynashini aytgan edi: uchta markaziy himoyachi bilan ham, to'rtta bilan ham, 4-3-3 tizimida ham... Jamoa futbolchilariga moslashish - buyuk murabbiyning qobiliyatidir. Dastlabki o'yinlarda u har bir o'yinchini sinchkovlik bilan kuzatdi. U vaziyatga moslashmoqda. Hozirgi tarkib va tizim mukammalmi, bilmayman, lekin "Atletik"ka qarshi o'yinda hammasi a'lo darajada ishladi," - deya Gutining so'zlarini keltirdi Madrid Zone.

Ispaniya La Ligasining 19-turida "Real" safarda "Atletik"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Gollarni Kamavinga va Mbappe (dubl) urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ