18 yoshli frantsiyalik iqtidorni Evropaning 6 ta grand klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi
7 DEKABR, 2025, 18:48
"Lill" markaziy yarim himoyachisi Ayyub Buaddi Evropaning grand jamoalarni e'tibor markazida bo'lib turibdi.
Santi Una xabariga ko'ra, 18 yoshli frantsuzni "Manchester Yunayted", "Real", "Bavariya", "Arsenal", "PSJ" va "Yuventus" kelasi yozda o'z safiga qo'shib olish uchun yaqindan kuzatmoqda.
Buaddi yaqindagina o'z jamoasi bilan 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Transfermarkt hozirda uni 30 million evroga baholamoqda.
Buaddi joriy mavsumda umumiy 18 ta o'yinda 1 ta golli uzatma berdi.
