logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Morgan - Salohga: "Vau, balki intervyu berish vaqti kelgandir"

 7 DEKABR, 2025, 16:30

Jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Muhammad Salohning so'zlariga munosabat bildirib, "Liverpul"ni tanqid qildi.

- Vau. Balki intervyu berish vaqti kelgandir?" - deb yozgan Morgan X sahifasida.

Avvalroq Saloh "Liverpul" rahbariyati va murabbiy Arne Slotni ketma-ket uchta o'yinda zaxirada qolib ketgani uchun tanqid qilgandi. Misrlik futbolchining so'zlariga ko'ra, u o'zini umidsiz his qilmoqda, zaxirada qolish sabablarini tushunmayapti va klub muvaffaqiyatsizliklar uchun aybni unga to'nkamoqda.

2022 yilda Krishtianu Ronaldu Morganga shov-shuvli intervyu bergandi va unda "Manchester Yunayted"ni tanqid qilib, klub 2009 yildan beri rivojlanmagani, rahbariyat va murabbiy Erik ten Xag uni hurmat qilmasligini aytdi. Bu klub bilan shartnomani bekor qilishga va hujumchining "An-Nasr"ga o'tishiga olib keldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ