"Real" - "Selta". Ehtimoliy tarkiblar
7 DEKABR, 2025, 12:42
Bugun, 7 dekabr tunda "Real" La Liga 15-turida "Selta"ni qabul qiladi.
Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladigan o'yin uchun jamoalarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing.
«Real»: Kurtua, Karreras, Asensio, Ryudiger, Militao, Tchuameni, Gyuler, Vinisius Junior, Bellingem, Valverde, Mbappe.
«Selta»: Radu, Karreyra, Markos Alonso, Starfelt, Xavi Rodriges, Rueda, Migel Roman, Moriba, Saragosa, Iglesias, Aspas.
