logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi faoliyatidagi 48-sovrinni qo'lga kiritdi

 7 DEKABR, 2025, 08:30

"Inter Mayami" MLS kubogi finalida "Vankuver Uaytkeps"ga qarshi o'yinda (3:1) zafar quchdi.

38 yoshli Lionel Messi faoliyatidagi 48-sovrinni qo'lga kiritdi. Argentinalik finalda gol ura olmadi, ammo ikkita golli uzatmani amalga oshirdi: uning uzatmalaridan so'ng Rodrigo de Paul va Tadeo Allende hal qiluvchi o'yinning 71- va 96-daqiqalarida gol urishdi. "Qo'tonlar" tarixda ilk bor MLS pley-offida g'olib bo'lishdi.

Messi "Inter Mayami" tarkibida bor-yo'g'i ikki yarim yil ichida to'rtta sovrinni qo'lga kiritdi. Biroz oldinroq jamoa Sharqiy konferentsiyadagi g'alaba uchun kubok qo'lga kiritgan va avvalroq muntazam chempionat va Ligalar kubogini yutishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ