logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga1. «PSJ» o'z maydonida «Renn»ni ayab o'tirmadi

 7 DEKABR, 2025, 03:12

"PSJ" Frantsiya chempionatining 15-turida o'z maydonida "Renn"ni mag'lub etdi - 5:0.

Xvicha Kvaratsxeliya dubl qayd etgan bo'lsa, Senni Mayulu, Ibrohim Mbaye va Gonsalu Ramush bittadan gol urdi. 74-daqiqada "Renn" himoyachisi Jeremi Jake maydondan chetlatildi.

"Renn" ketma-ket to'rtta g'alabadan iborat seriyasiga barham berdi. U 15 o'yindan so'ng 24 ochko bilan Frantsiya chempionati jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. "PSJ" (15 o'yindan keyin 33 ochko) esa 2-pog'onadan joy olgan.

Keyingi o'yinda "Renn" 13 dekabr kuni "Brest"ni qabul qiladi, "PSJ" esa shu kuni "Metts" mehmoni bo'ladi.

Liga 1. 15-tur

7 dekabr, 01:05.

PSJ - Renn - 5:0

Gollar: Kvaratsxeliya, 28 (1:0). Mayulu, 39 (2:0). Kvaratsxeliya, 67 (3:0). Mbay, 88 (4:0). Ramush, 90+1 (5:0)

PSJ: Safonov, Markinos, Pacho, Ernandez, Zair-Emeri (Ndjantu, 80), Vitinya (Ruis, 71), Mayulu, Joau Nevesh (Mbay, 80), Kvaratsxeliya (Ramush, 71), Li Kan In (Dembele, 64), Barkolya

Renn: Samba, Jake, Brasse, Ait Budlal, Sisse (Merlen, 46), Ronje, Kamara (Blas, 82), Al-Taamari (Meyte, 82), Frankovski, Embolo (Lexendre, 82), Lepol (Ruo, 76)

Ogohlantirishlar: Jake, 53. Ait Budlal, 69

Chetlatish: Jake, 74 (ikkinchi sariq kartochka)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ