logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. "Verona" ligadagi ilk g'alabasiga "Atalanta" bilan o'yinda erishdi

 7 DEKABR, 2025, 03:06

"Verona" Italiya chempionatining 14-turida o'z maydonida "Atalanta"ni mag'lub etdi - 3:1.

Mezbonlardan Rafiq Belgali, Jovane va Antuan Berned, mehmonlardan Janluka Skamakka o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Verona" 2025/26 yilgi mavsumda chempionatdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning hisobida 14 ta o'yinda to'qqiz ochko bor - A Seriya turnir jadvalida 19-o'rin. "Atalanta" (14 o'yindan keyin 16 ochko) 12-o'rinda bormoqda.

Keyingi turda "Verona" 14 dekabr kuni "Fiorentina" mehmoni bo'ladi, "Atalanta" 13 dekabr kuni "Kalyari"ni qabul qiladi.

A Seriya. 14-tur

7 dekabr, 00:45

Verona - Atalanta - 3:1

Gollar: Belgali, 28 (1:0). Djovane, 36 (2:0). Berned, 71 (3:0). Skamakka, 81 - penaltidan (3:1)

Verona: Montipo, Nelsson, Bella-Kotchap, Nunes, Berned, Nyass (Oyegoke, 88), Al-Musrati, Frese (Valentini, 90+2), Belgali (Kastanos, 90+2), Djovane (Arrui, 88), Moskera (Sarr, 79)

Atalanta: Karnesekki, Xin, Djimsiti, Kossunu (Kolashinats, 46), Ederson (Pashalich, 61), de Ron, Dzappakosta (Zalevski, 61), Bellanova, De Ketelare (Samardjich, 70), Lukman, Krstovich (Skamakka, 46)

Ogohlantirishlar: Nelsson, 45. Frese, 50 - de Ron, 65

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ