logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Liga. "Vilyarreal" kamchilikda o'ynagan "Xetafe"ni engib, peshqadamlarga yaqinlashdi

 6 DEKABR, 2025, 20:24

Ispaniya chempionatining 15-turida "Vilyarreal" o'z maydonida "Xetafe"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 45+5-daqiqasida Tayon Byukenen Ayoze Peresning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 64-daqiqada Jorj Mikautadze hisobdagi farqni oshirdi.

48-daqiqada mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi, Luis Milyaga qo'pol xatti-harakatlari uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi.

"Vilyarreal" ochkolarini 35 taga etkazib, La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni saqlab turibdi. "Xetafe" 20 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.

La Liga. 16-tur

6 dekabr, 18:00

Vilyarreal - Xetafe - 2:0

Gollar: Byukenen, 45+5 (1:0). Mikautadze, 64 (2:0)

Vilyarreal: Luis Junior, Foyt, Veyga, Kardona, Navarro, Parexo (Masia, 51), Komesanya, Moleyro (Solomon, 70), Byukenen (Axomax, 80), Mikautadze (Oluvaseyi, 80), Peres (Pepe, 70)

Xetafe: Soriya, Dakonam, Duarte (Abkar, 74), Nom (Riko, 46), Iglesias, Milya, Arambarri (Solosabal, 80), Martin, Kiko Femeniya (Sankris, 74), Mayoral, Liso (Kamara, 75)

Ogohlantirishlar: Masia, 62. Pepe, 71 - Nom, 22. Martin, 45. Arambarri, 57. Riko, 90

Chetlatish: Luis Milya, 48

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ