O'zbekiston U-21 Iordaniya va Qatarga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazadi: Ravshan Haydarov yig'inga jalb etgan futbolchilar ro'yxati ma'lum bo'ldi (foto)
6 DEKABR, 2025, 19:48
U-23 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-21 terma jamoasi 7-23 dekabr kunlari Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi. Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoamiz Osiyo kubogi oldidan 27 dekabr kuni Iordaniya, 30 dekabr kuni esa Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. Uchrashuvlar Doha shahrida o'tkaziladi.
Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxati bilan tanishing.

