"Nyukasl" Braziliyadan 21 yoshli futbolchi uchun 100 million evro sarflashga tayyor
6 DEKABR, 2025, 17:06
Braziliyaning "Palmeyras" klubining 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Allan Elias faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "Nyukasl" yarim himoyachini 100 million evroga sotib olish bandini faollashtirishga tayyor. Ko'rinib turibdiki, bu juda katta summa, ammo "Palmeyras" istiqbolli futbolchilarni katta pulga sotishga odatlangan. Qayd etilishicha, braziliyalikni "Everton", "Vest Xem" va "Fulxem" klublari ham kuzatib bormoqda.
2025 yilda Elias barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

