logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik "Barsa"da qancha vaqt qoladi? Deku javob berdi

 6 DEKABR, 2025, 14:00

"Barselona" sport direktori Deku jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqidagi savolga javob berdi.

Germaniyalik murabbiy "ko'k-anorranglilar" boshqaruvida ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. Mutaxassis qancha vaqt davomida bu lavozimda ishlamoqchi ekani hozircha noma'lum.

"Flik klubimizda juda baxtli, ammo "Barselona"da ishlash ancha qiyinligini bilamiz, har bir mayda-chuydaga katta e'tibor qaratiladi. Xansi juda hissiyotli va insonparvar, lekin u har doim ham hamma narsani nazorat qila olmaydi," - deya Dekuning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

"Barselona" La Liga 15-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Madridning "Real" klubini 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. O'tgan mavsumda kataloniyaliklar ichki arenadagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ