Kapello: "Italiyasiz 3-jahon chempionati — falokat"
6 DEKABR, 2025, 13:30
Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello futbol bo'yicha jahon chempionati qur'asi natijalariga qisqacha izoh berdi. U 5 dekabr kuni kechqurun bo'lib o'tdi.
"Umid qilamanki, Italiya saralashdan o'tadi. Bo'lmasa yig'lab yuboraman. Italiyasiz uchinchi jahon chempionati - bu falokat.
O'lim guruhi? Norvegiya va Frantsiya o'rin olgan guruh" - dedi mutaxassis.
Italiya jahon chempionatiga chiqish uchun Shimoliy Irlandiya bilan pley-off o'yinini o'tkazishi, keyin esa Uels - Bosniya va Gertsegovina juftligi g'olibini mag'lub etishi kerak. Agar italiyaliklar muvaffaqiyatga erishsa, ularni Kanada, Qatar va Shveytsariya bilan B guruhi kutmoqda.
