logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pavel Durov CHimaevning burchagida bo'lish taklifiga javob berdi

 6 DEKABR, 2025, 10:16

"VKontakte" ijtimoiy tarmog'i hamda "Telegram" messenjeri asoschisi Pavel Durov o'rta vaznda UFC chempioni Xamzat CHimaev chorlovining javobini uzoq kuttirmadi.

BAA sharafini himoya qilayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Durovni navbatdagi jangida sekundant bo'lib berishga chaqirgandi. 

"Pavel aka, keyingi jangda mening burchagimda bo'lasizmi?" - deb yozdi "Borz" ijtimoiy tarmoqda vatandoshiga murojaat qilib.

"Bu men uchun sharaf bo'ladi", - deb javob berdi milliarder.

"Kelishdik!", - dedi CHimaev.

- Seni sovg'a kutyapti, - qo'shib qo'ydi Durov.

Avvalroq, Xamzat CHimaev Ramazon oyidan keyin oktagonga qaytishini malum qilib, divizion reytingida 2-o'rinni egallab turgan franciyalik Nassruddin Imavovning navbatdagi raqibi bo'lishini aytgandi.

Milliarder Pavel Durov yaqinda Xabib Nurmagomedov bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib, UFC shon-shuhrat zali azosining cheklangan raqamli papaxalarini uch yuz million rubldan ko'proqqa sotgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ