Boks JCh. Kecha 4 nafar o'zbek sportchisi g'alaba qozondi, bugun 3 nafar vatandoshimiz ringga ko'tiriladi
6 DEKABR, 2025, 09:36
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionatida kecha ikkinchi kun janglari o'tkazildi. Unda ringga ko'tarilgan 4 nafar o'zbekistonlik bokschilarning barchasi g'alabaga erishdi.
Natijalar bilan tanishing:
-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Rashield Uilyams (Bagama orollari) - 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliev - Sedrik Beloni-Duliepre (Gaiti) - 5:0
+92 kg: Arman Maxanov - Andre Tompson (IBA-PRO-2) - uchinchi raundda texnik nokaut
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Robert Maknulti (Shotlandiya) - 5:0
Bugun Jahon chempionati doirasida 3 nafar bokschimizning uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Olimpiada chempioni va ikki karra Jahon chempioni Abdumalik Xalokov ham bugundan o'z yurishini boshlaydi.
Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: Asilbek Jalilov - Sadai Axiskali (Turkiya) B ring. 18:45
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Kevin Moskuera (Ekvador) A ring. 19:45
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sirgak Abdijapar uulu (Qirg'iz Respublikasi) A ring. 21:30
Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da va ikkinchi dastur 22:00 da start oladi.
