Deku: "Rafinya - o'ziga xos o'yinchi"
6 DEKABR, 2025, 09:12
"Barselona" sport direktori Deku vinger Rafinya Dias haqida fikr bildirdi. Yaqindagina jarohatidan so'ng safga qaytgan braziliyalik futbolchi o'zini ko'rsata boshladi.
"Rafinya - "Barselona" uchun juda muhim bo'lgan o'ziga xos futbolchi. U jamoaga ishtiyoq ulashmoqda va muxlislar hurmatiga sazovor bo'lmoqda. Flik unda katta ishonch uyg'otdi", - deya Dekuning so'zlarini keltiradi ispan OAV.
"Ko'k-anorranglilar"ning 28 yoshli yulduzi joriy mavsumda 11 o'yinda 4ta gol va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
