logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Sautgempton" yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi

 6 DEKABR, 2025, 05:18

"Sautgempton" klubi rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Tonda Ekkert tayinlanganini e'lon qildi. Shartnoma 2027 yilgacha imzolangan.

32 yoshli germaniyalik mutaxassis 3 noyabrdan buyon jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Uning qo'l ostida "Sautgempton" 5 ta o'yin o'tkazdi: 4 g'alaba va 1 mag'lubiyat.

"Men juda faxrlanaman. Ushbu futbol klubi vakili bo'lish men uchun katta sharaf. O'ylaymanki, biz ajoyib startga ega bo'ldik va endi shu ruhda davom etishimiz kerak," - deya qayd etdi Ekkert.

Ekkert avvalroq "Sautgempton" yoshlar jamoasida (2025 yil iyul oyidan) ishlagan, shuningdek, "Jenoa", "Barnsli" va "Bavariya", "Leyptsig" va "Kyoln" yoshlar jamoalarida yordamchi bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ