UEFA Luis Diasning diskvalifikatsiyasi muddatini qisqartirdi
5 DEKABR, 2025, 22:42
UEFA Chempionlar ligasida Ashraf Hakimiyga nisbatan qo'pollik ishlatgan Luis Diasni jazo muddatini qisqartirdi.
"Bavariya" vingeri "PSJ" himoyachisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va EChLning 1-bo'limi oxirida (2:1) maydondan chetlatildi. Marokashlik jarohat olib, ikki oygacha safdan chiqqani aytilgandi.
Avvaliga UEFA Diasni uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi. Kolumbiyalik futbolchi "Arsenal"ga qarshi o'yinni (1:3) o'tkazib yuborgan edi. Endi myunxenliklar "Sporting" va "Yunion" bilan kuch sinashadi.
Biroq, "Bavariya" tomonidan berilgan apellyatsiya qanoatlantirildi. Shu munosabat bilan UEFA diskvalifikatsiya uch o'yindan ikki o'yinga o'zgarganini ma'lum qildi.
