Eng og'ir vaznli bokschimiz Arman Maxanovning JCHdagi debyuti muddatidan oldin yakunlandi
5 DEKABR, 2025, 21:16
Dubay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.Musobaqada eng og'ir +92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Arman Maxanov ilk jangini IBA-PRO 2 jamoasi ostida ishtirok etayotgan Andre Kristofer Tompsonga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 3-raundda to'xtatildi. Bokschimizning kuchli zarbasidan so'ng referi jangni to'xtatishga qaror qildi. Bungacha Maxanov 2-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi.
Endi bokschimiz ikkinchi jangini Keniya yoki Belarus vakiliga qarshi o'tkazadi.

Manba: olamsport.com
