Luis Enrike "PSJ"ning rossiyalik darvozaboni haqida gapirishni istamadi
5 DEKABR, 2025, 18:12
"PSJ"ning asosiy darvozaboni Lyuka Shevale sog'lig'ida muammolar bor va kecha mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Matbuot anjumanida parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikedan ikkinchi darvozabon Matvey Safonov mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazadimi, deb so'rashdi.
"Men Safonov yoki boshqa biror futbolchi haqida hech narsa aytishni istamayman. Ertaga darvozada kim harakat qilishidan qat'i nazar, bu jamoa uchun foydali bo'ladi," - dedi Enrike ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda.
"PSJ" Frantsiya chempionatining "Renn"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar 6 dekabr, shanba kuni maydonga tushadi.
