logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" yarim himoyachisi bilan muzokara o'tkazmayapti

 5 DEKABR, 2025, 14:00

"Bavariya" markaziy yarim himoyachisi Leon Goretska katta ehtimol bilan kelasi yozda klubni tark etadi. Bu haqda BILD xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hozirda tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayapti. Goretskaning keyingi mavsumda "Bavariya"da qolishi dargumon. "Bavariya" hozirdanoq xavbek o'rnini to'ldiruvchi futbolchi qidirmoqda va asosan yosh futbolchilarga e'tibor qaratmoqda.

Goretska "Bavariya" safida 2018 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 19 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakat qilmadi.

30 yoshli Goretskaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali germaniyalik xavbekning transfer narxini 22 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ