https://m.stadion.uz/news/detail/536117
5 DEKABR, 2025, 13:42
Braziliyaning "Santos" klubi hujumchi Neymar bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
"Santos" Neymar bilan dekabr oyi oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda. Bir necha klublar futbolchini sotib olish haqida o'ylamoqda, ammo braziliyaliklar superyulduzni saqlab qolishiga ishonmoqda," - deb yozadi Skira.
33 yoshli Neymarning "Santos" bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning 31 dekabrida yakuniga etadi. U Braziliya A Seriyasining joriy mavsumida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt braziliyalik futbolchining narxini 11 mln evroga baholamoqda.
