logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De la Fuente: "Yamal Messi yoki Ronaldu kabi davr futbolchisiga aylanishi mumkin"

 5 DEKABR, 2025, 13:36

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" vingeri Lamin Yamalning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

- Uning chegarasi yo'q. U nimaga erishishi mumkinligini bilmaymiz. Bu ko'p jihatdan unga bog'liq. U Messi, Maradona yoki Krishtianu kabi davr, tarixiy o'yinchiga aylanishi mumkin. U buyuklikka erishishi mumkin, ammo hali uzoq yo'lni bosib o'tishi kerak," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Joriy mavsumda 18 yoshli Yamal "Barselona" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ