CHimaev navbatdagi jangida Pavel Durovni sekundant qilmoqchi
5 DEKABR, 2025, 13:32
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan UFC chempioni Xamzat CHimaev o'z burchagiga "VKontakte" va "Telegram" messenjerlari asoschisi Pavel Durovni taklif qildi."Birodar, keyingi jangda mening burchagimda bo'lasanmi?", - deb yozdi CHimaev X ijtimoiy tarmog'idagi shaxsiy sahifasida.
CHimaev SHimoliy Amerika ligasi tarixida mag'lubiyatsiz chempionlikka erishgan 16-jangchi hisoblanadi. Xamzatning rekordida 15 ta g'alaba bo'lib, ulardan 12 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. U o'zining so'nggi jangida Drikus dyu Plessini mag'lub etib, raqibining chempionlik kamarini tortib olgandi.

Manba: olamsport.com
