logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Los-Anjeles" jahon chempioni - 2018 bilan shartnomani uzaytirdi

 5 DEKABR, 2025, 12:06

Amerikaning "Los-Anjeles" klubi Frantsiya terma jamoasining 38 yoshli sobiq darvozaboni Ugo Loris bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Rossiyada bo'lib o'tgan 2018 yilgi jahon chempionati g'olibi o'z jamoasi bilan 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

"Los-Anjeles" klubi rasmiy saytining xabar berishicha, yangi shartnomada uni 2027 yil oxirigacha uzaytirish imkoniyati mavjud. 26 dekabr kuni darvozabon 39 yoshga to'ladi.

Loris 2024 yilning yanvaridan beri "Los-Anjeles" sharafini himoya qilmoqda. Frantsuz bungacha Angliyaning "Tottenxem", shuningdek, o'z vatanida "Lion" va "Nitstsa" klublari safida to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ