logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Laporta Arauxoning ruhiy muammolari haqida gapirdi

 5 DEKABR, 2025, 11:06

"Barselona" bosh murabbiyi Joan Laporta markaziy himoyachi Ronald Arauxoning vaziyatiga izoh berdi.

"Arauxoni qo'llab-quvvatlashimiz kerak, u juda hissiyotga beriluvchan va ta'sirchan yigit. Ronald menga minnatdorchilik bildirdi va tetik bo'lib qaytishini aytdi. Bunday nozik masalalarni mutaxassislarga ishonib topshirish kerak.

Arauxo bizga juda kerak - bunday sifatlarga ega boshqa futbolchilarimiz yo'q. Uning qizil kartochkasi omadsizlik bo'ldi: u ikkinchi sariq kartochka epizodida juda qattiq o'ynadi, ammo birinchisi umuman bo'lmasligi kerak edi. Deku va Flik vaziyat ustida ishlamoqda," - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Kataloniya grandi yakshanba kuni La Liga doirasida "Betis" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ