Ronaldu nimalarsiz buyuk bo'lish mumkin emasligini aytdi
5 DEKABR, 2025, 10:30
"An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nimasiz buyuk bo'lish mumkin emasligini aytdi.
"Qiziquvchanlik buyuklikning zaruriy shartidir. Har kuni yangi savollar berishda davom etsangiz, g'olib bo'lasiz", - deb yozdi 40 yoshli Ronaldu reklama postida.
"An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Jamoa to'qqiz turda maksimal 27 ochko to'pladi.
