JCH-2026. Bugun qura!
5 DEKABR, 2025, 08:48
Bugun AQSHda JCH-2026 musobaqasiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi.Tadbir poytaxt Vashington shahrida joylashgan Jon Kennedi nomidagi ijrochilik sanati memorial markazida mahalliy vaqt bilan soat 12:00, Toshkent vaqti bilan esa soat 22:00 da start oladi.
Ushbu tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va uning yordamchilari hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.

Manba: olamsport.com
