logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Old Trafford»da durang: «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» ochkolarni bo'lishib oldi (videosharh)

 5 DEKABR, 2025, 08:00

Angliya Premer-ligasining 14-turidan o'rin olgan bahsda «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Vest Xem»ni qabul qildi. «Old Trafford»dagi uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.

Uchrashuvda birinchi hisobni mankunianliklar ochdi: 58-daqiqada Diogu Dalo aniq zarba yo'llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq 83-daqiqada mehmonlar xavfli hujumni amalga oshirib, Sungutu Magassa hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqtda har ikki jamoa imkoniyat yaratdi, ammo gol urilmadi.

Bu natijadan keyin «Manchester Yunayted» 22 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinda qolmoqda. «Vest Xem» esa vaziyatni yaxshilay olmadi — 12 ochko to'plagan holda 18-o'rin.

Keyingi turda «Yunayted» 8 dekabr kuni «Vulverxempton»ga qarshi maydonga tushadi. «Vest Xem» esa 7 dekabr sanasida «Brayton»ga qarshi o'ynaydi.

Angliya — Premer-liga, 14-tur
4 dekabr. Manchester. «Old Trafford» stadioni.
Manchester Yunayted — Vest Xem Yunayted — 1:1
Gollar: 1:0 — Dalo, 58', 1:1 — Magassa, 83'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ