"Arsenal" 70 mln evrolik hujumchini kuzatib bormoqda
4 DEKABR, 2025, 19:12
"Ayntraxt" klubi qanot hujumchisi Jan Matteo Baoyya Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq gap yanvardagi transfer oynasi haqida emas, yozgi transfer haqida ketmoqda. Ta'kidlanishicha, "Ayntraxt" futbolchi uchun taxminan 70 million evro olmoqchi.
Joriy mavsumda Baoyya barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Frantsiyalik futbolchining nemis klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
