"Brentford" forvardiga 3 klub qiziqish bildirmoqda
4 DEKABR, 2025, 16:42
Londonning "Brentford" klubi hujumchisi Igor Tiago Premer-liganing boshqa jamoalarida qiziqish uyg'otgan.
The Telegraph xabariga ko'ra, 24 yoshli braziliyalikni "Tottenxem", "Aston Villa" va "Nyukasl" yanvar oyida o'z safiga qo'shib olish uchun kurashadi.
Hozirda Tiago Transfermarkt portalida 22 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 15 ta o'yinda 12 ta gol urdi.
