logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Amorim: "Kelgusi haftalarda Chempionlar Ligasi zonasiga kirmoqchimiz"

 4 DEKABR, 2025, 16:36

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning 2026/27 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyatlarini baholadi.

"Men savolni tushunaman va agar jadval imkon bersa, agar iloji bo'lsa, haftada bitta o'yin o'tkazsak, biz bunga intilishimiz kerak. Lekin keyin jadvalga qarasangiz, hamma ikki ochko ortda. Bir hafta ichida hamma narsa o'zgarishi mumkin. Diqqatimizni jamlaylik. Menimcha, harakat qilishning eng yaxshi yo'li, ayniqsa jamoamiz bilan, faqat keyingi o'yinga e'tibor qaratishdir. Agar keyingi o'yinda g'alaba qozonsak, hech bo'lmaganda o'z pozitsiyamizni saqlab qolamiz. Bu asosiy maqsad.

Kelgusi haftalarda Chempionlar Ligasi zonasiga kirish - ha, bu realistik. Kelajakka kelsak - bilmayman. Keyingi hafta bu pozitsiyaga yaqin qolishni istayman. Keyin ko'ramiz", dedi portugaliyalik menejer matbuot anjumanida.

"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 13 ta o'yindan so'ng 21 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda. Ular to'rtinchi o'rindagi "Chelsi"dan uch ochko ortda qolishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ