logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konte: "Loyiq jamoa keyingi bosqichga chiqdi"

 4 DEKABR, 2025, 14:42

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Kalyari"ga qarshi kubok o'yinini sarhisob qildi. Nimchorak final o'yini asosiy vaqtdagi 1:1 hisobidan keyin penaltilar seriyasi bilan yakunlandi va unda neapolliklar g'alaba qozondi (9:8).

"Tuganmas seriya. O'tgan yili ham "Modena"ga qarshi o'yinda penaltilar seriyasidan o'tganmiz. Hozir ancha qiyinroq edi, chunki barcha o'yinchilar juda yaxshi edi, darvozabonlarga qiyin bo'ldi. Natijada bunga ko'proq loyiq bo'lgan jamoa yutdi", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Salcionapoli1926 portali.

"Napoli"ning kubok chorak finalidagi raqibi keyinroq "Fiorentina" va "Komo" o'rtasidagi bahsda ma'lum bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ