logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani Gvardiolaning o'rinbosari bo'lishga tayyormi?

 4 DEKABR, 2025, 14:12

Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani kelajakda "Manchester Siti"da ishlashi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi. OAVda aynan Kompani Xosep Gvardiolaning o'rinbosari bo'lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

"Futbolda hech qachon uzoqni o'ylamaslik kerak. Hozir 100 foiz e'tiborimni "Bavariya"ga qaratganman. Men shunchaki hozirgi kun bilan yashashni istayman. Boshqa narsalar haqida fikrim yo'q," - deya Kompani so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Kompani "Bavariya"ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Ayni vaqtda jamoa 12 turda 34 ochko to'plagan holda Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ