logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" Lyuis-Skelli bo'yicha qaror qabul qildi

 4 DEKABR, 2025, 13:24

"Arsenal"ning 19 yoshli qanot himoyachisi Maylz Lyuis-Skellining kelajagi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, "Arsenal" yanvar oyidagi transferlar vaqtida o'z iste'dodini qo'yib yubormoqchi emas. "Kanonirlar" uni "Chelsi"ga sotmoqchi emas, "Vest Xem" yoki "Kristal Pelas"ga ijaraga berishni ham o'ylamayapti. Manbaga ko'ra, "Arsenal" Lyuis-Skellining o'sishidan mamnun va u bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 3 ta assist yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ