logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Roma" "MYu" hujumchisi transferidan bosh tortdi

 4 DEKABR, 2025, 12:00

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee "Roma"ga o'tmaydigan ko'rinadi.

Niderlandiyalik futbolchi rimliklarning yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadi sanalgandi, ammo endi klub rahbariyati boshqa nomzodlarga o'tishga qaror qildi. Il Messaggero xabariga ko'ra, "bo'rilar" vakillari 24 yoshli forvarddan transferda etarlicha jonbozlik ko'rmagan - u Angliyada doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa-da, ketishini talab qilmagan.

Manbaning ta'kidlashicha, "Roma" "Tottenxem"dan Matis Telni taklif qilishga moyillik bildirmoqda. Frantsuz jamoada zaxira futbolchisi hisoblanadi, shu bois u vaziyatni o'zgartirishni istaydi.

Transfermarkt portali Zirkzee va Telning narxini mos ravishda 28 va 35 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ