Nevill "Chelsi" nega chempionlik uchun kurasha olmasligini aytdi
4 DEKABR, 2025, 11:42
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Chelsi"dagi muammolar haqida fikr bildirdi.
Chorshanba kuni Entso Mareski jamoasi kutilmaganda premer-liga autsayderlaridan biri "Lids"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:3).
"Chelsi" to'rtinchi yoki beshinchi o'rinni egallaydi, hech qanday muammo yo'q. Ammo jamoada chempionlikka da'vogarlik qilish uchun etarlicha sifatli hujumchilar, markaziy himoyachilar va darvozabonlar yo'q", - dedi Sky Sports mutaxassisi "Lids"ga qarshi o'yin yakunlangach.
"Ko'klar" 14 turdan so'ng 24 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Arsenal"dan to'qqiz ochko ortda qolmoqda.
