Suzuvchi Ilya Sibircev AQSH Ochiq chempionatida oltin medalga ega chiqdi
4 DEKABR, 2025, 10:16
Kecha AQSHning Texas shtati, Ostin shahrida suzish bo'yicha 2025 yilgi AQSH Ochiq chempionati boshlandi.To'rt kun davom etadigan mazkur musobaqaning ilk kunida erkaklar va ayollar o'rtasida 1500 m masofaga erkin usulda suzish dasturlari o'tkazildi.
Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Ilya Sibircev ham startga chiqdi. Ahamiyatlisi, 23 yashar sportchimiz marraga 15:05.51 soniyada etib kelib, musobaqa oltin medalini qo'lga kiritdi.
Mazkur dasturda jami 15 nafar atlet bahs olib bordi. Suzish bo'yicha AQSH Ochiq chempionati 6 dekabr kuni nihoyasiga etadi.


Manba: olamsport.com
