logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alonso: «Real» ideal o'yin namoyish etdi»

 4 DEKABR, 2025, 09:06

Madridning «Real» jamoasi Ispaniya La ligasining 19-turidan o'rin olgan «Atletik» klubiga qarshi safardagi bahsda 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Uyindan so'ng bosh murabbiy Xabi Alonso jamoaning ishtiroki va Mbappening o'yini haqida fikr bildirdi.

«Bu muhim uchrashuv edi. La Ligadagi duranglar seriyasini uzishni istadik. Mehnat va tayyorgarlik bilan keldik, sovuqqonlikni saqladik. Jamoa maqsadli o'yin namoyish etdi. Bu bizning eng mukammal o'yinimiz bo'ldi va bundan keyin ham shu ruhda davom etishimiz kerak», — dedi Alonso.

Shu bilan birga, murabbiy Kilian Mbappeni ham alohida ta'kidladi:

«Kilian hozir juda yaxshi formada — ko'p harakat qiladi, Vinisius bilan ajoyib hamkorlik qiladi. Jamoa boshidanoq g'alaba uchun maydonga tushdi. Bu safarda g'alaba qozonish juda muhim edi».

Hozirda «Real» 36 ochko bilan La Liga jadvalida 2-o'rinda bormoqda va etakchi «Barselona»dan bir ochko orqada qolgan. Keyingi turda jamoa 7 dekabr kuni «Selta»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ