logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Germaniya kubogi. «Bavariya» 2 ta avtogol evaziga g'alaba qozondi va chorak finalga chiqdi (videosharh)

 4 DEKABR, 2025, 08:18

Germaniya kubogi 1/8 finalida «Union» o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi. Berlindagi «An der Alten Fyorsteray» stadionida o'tgan voqeaga boy uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uyinda ikkita penalti, ikkita avtogol qayd etildi.

12-daqiqa «Union» hujumchisi Ilyos Ansa to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. 24-daqiqa Xarri Keyn aniq zarbasi bilan hisobni 0:2 ko'rinishga keltirdi. Birinchi taym yakunlanishidan oldin Leopold Kverfeld penaltini amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. Ammo birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Diogu Leyte avtogol muallifi bo'ldi hamda «Bavariya» 2 ta to'p ustunligi bilan tanaffusga yo'l oldi.

Ikkinchi bo'limning 55-daqiqa yana Kverfeld penaltidan gol urdi va hisob 2:3 ko'rinishiga keldi. Ammo bu «Union» uchun etarli bo'lmadi va «Bavariya» chorak finalga yo'l oldi.

Germaniya kubogi, 1/8 final
3 dekabr 2025 yil, chorshanba. Berlin. «An der Alten Fyorsteray» stadioni.
Union — Bavariya — 2:3
Gollar: 0:1 — Ansa (avtogol), 12', 0:2 — Keyn, 24', 1:2 — Kverfeld (penalti), 40', 1:3 — Leyte (avtogol), 45+4', 2:3 — Kverfeld (penalti), 55'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ