logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Liverpul» «Sanderlend»ga qrashi o'yin so'ngida mag'lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh)

 4 DEKABR, 2025, 08:00

Angliya chempionatining  14-turidan o'rin olgan «Liverpul» — «Sanderlend» uchrashuvi dramatik tarzda yakunlandi. «Enfild»da o'tgan bellashuv 1:1 hisobida tugadi.

Uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni mehmonlar ochdi. 67-daqiqa Shemsdin Talbi o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo bu ustunlik uzoqqa cho'zilmadi — 81-daqiqa Nordi Mukiele o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi va hisobni tenglashtirib qo'ydi.

Bu durangdan keyin «Liverpul» 22 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. «Sanderlend» esa 23 ochko bilan 6-o'rindan joy olgan.

Keyingi turda «qizillar» 6 dekabr kuni safarda «Lids Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi. «Qora mushuklar» esa shu sanada «Manchester Siti» mehmoni bo'ladi.

Angliya — Premer-liga, 14-tur
3 dekabr 2025 yil, chorshanba. Liverpul. «Enfild» stadioni.
Liverpul — Sanderlend - 1:1
Gollar: 0:1 — Talbi, 67', 1:1 — Mukiele (avtogol), 81'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ