logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" sobiq futbolchisi: "Jamoa boshqa top-klublar bilan raqobatlasha oladigan darajada kuchli emas"

 3 DEKABR, 2025, 22:06

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi, Toto nomi bilan tanilgan Xorxe Lopes Marko "qaymoqranglilar"ning Ispaniya chempionatidagi so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi.

Xabi Alonso jamoasi uch o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa "Rayo Valekano" (0:0), "Elche" (2:2) va "Jirona" (1:1) bilan durang o'ynadi.

"Menda shunday hissiyot borki, Alonso o'z g'oyalarini amalga oshira olmaydi va jamoani qayta qurish kerak, "Real"da esa bu oson emas. Biz unga vaqt berishimiz kerak, ammo futbol nuqtai nazaridan ular top-jamoalar bilan raqobatlasha oladigan darajada kuchli emas," - deya Totening so'zlarini keltiradi Marca.

Ayni paytda "Real" La Liga turnir jadvalida 34 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Madridliklar peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ