"Atletiko Madrid"ning sobiq futbolchisi: "Barselona" – engilmas jamoa"
3 DEKABR, 2025, 19:06
"Atletiko Madrid"ning sobiq futbolchisi Xuan Sabas Ispaniya chempionatining 19-turida "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi.
"Barselona"ga qarshi o'yin oradagi farqni qisqartirish jihatidan juda muhim edi. Men barcha qiyinchiliklarni tushunaman, lekin "Atletiko"ning muvaffaqiyatiga ishongandim.
Futbolchilarga ishonch etishmadi. Jamoa yaxshi formada emas edi va "Barselona" chindan ham engilmas jamoa", dedi sobiq futbolchi.
