Kecha "Atletiko"ga gol urgan "Barselona" futbolchisi bu yil boshqa maydonga tushmaydi
3 DEKABR, 2025, 19:00
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo elka jarohati sababli yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.Olmo La Liga doirasida kecha bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi bahsda (3:1) jarohat oldi, u 65-daqiqada gol urgandan so'ng noqulay yiqilib tushdi. Ispaniyalik futbolchi o'yinni davom ettira olmadi, uning o'rniga maydonga Ferran Torres tushdi.
"As" va boshqa ispan nashrlarining malumotiga ko'ra, Olmoning elkasi chiqib ketgan – "Barselona" yarim himoyachisi kamida to'rt haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda. SHu tariqa, u 2025 yil oxiriga qadar maydonga tushmaydi.
Manba: olamsport.com
