Deku "Barsa" muxlislarining "Kamp Nou"da Messi ismini aytib hayqirishayotganiga munosabat bildirdi
3 DEKABR, 2025, 18:06
"Barselona" muxlislari yangi ochilgan "Kamp Nou"da deyarli har bir o'yinning 10-daqiqasida Messi ismini aytib hayqirishmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku bunga munosabat bildirdi.
"Messi - "Barcelona" tarixining bir qismi, shuning uchun muxlislar uning ismini har bitta o'yining 10-daqiqasida aytishsa bu ajablanarli holat emas", - dedi portugaliyalik funktsioner.
