logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi"ning sobiq hujumchisi "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin

 3 DEKABR, 2025, 18:00

Londonning "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi tez orada "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin.

Sky Sport nashri jurnalisti Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, Amerika klubi rahbariyati Timo Vernerning agentlari bilan qishki transferlar vaqtida 29 yoshli germaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi AQShga ko'chib o'tishni rejalashtirmoqda. Uning "RB Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda Verner Bundesligada faqat bitta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 5 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ