logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" himoyachisini APLga qo'yib yuborishga tayyor

 3 DEKABR, 2025, 16:18

"Bavariya" qanot himoyachisi Sasha Boe qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko'ra myunxenliklar 25 yoshli frantsuzni kamida 15 million evrolik taklif olsa, qo'yib yuborishga tayyor. Ta'kidlanishicha, Boe "Kristal Pelas" e'tiboriga tushgan, biroq ingliz klubi futbolchini ijaraga olishni ma'qul ko'rmoqda.

Boe 2024 yilda "Bavariya" futbolchisiga aylangandi. Bu mavsumda u barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Boening "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari himoyachining narxini 18 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ