"Qo'qon-1912" 3 nafar futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
3 DEKABR, 2025, 14:42
"Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini boshlab yubordi.
O'zPFL xabariga ko'ra, klub darvozabon Azizxon Isoqov, markaziy himoyachilar Asliddin Toshtemirov va Jasurbek Yoqubov bilan shartnomani 2027 yil oxirigacha uzaytirdi.
