"Barsa" fanatlari uchun yomon xabar
3 DEKABR, 2025, 14:36
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo elkasidan olgan jarohati tufayli yil oxirigacha maydonga tushmaydi.
Olmo kecha La Liganing "Atletiko"ga qarshi o'yinida (3:1) jarohat oldi. Ispaniyalik futbolchi o'yinni davom ettira olmadi, uning o'rniga Ferran Torres maydonga tushdi.
AS va boshqa ispan OAVlarining yozishicha, Olmoning elkasi chiqqan - "Barselona" xavbeki kamida to'rt hafta maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa, u 2025 yil oxirigacha maydonda boshqa ko'rinish bermaydi.
