Yosh figurali uchuvchi qizimiz Bosfor kubogida ishtirok etdi
3 DEKABR, 2025, 13:48
Turkiyaning Istanbul shahrida figurali uchish bo'yicha yoshlar o'rtasida "Bosfor kubogi-2025" musobaqasi o'tkazildi.Turnirning qizlar o'rtasidagi yakkalik bahsarida o'zbekistonlik Varvara Korotkova ham ishtirok etdi.
Hamyurtimiz qisqa va erkin dasturda jami 117.86 ball jamg'ardi. Bu orqali Varvara jami 32 nafar sportchi orasida 13-natijani qayd etdi.

Manba: olamsport.com
